← Bosh sahifaga qaytish

Maxfiylik Siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-07-05

1. Kirish

JavobGo — Instagram biznes akkauntlari uchun avtomatik javob berish xizmatidir. Ushbu maxfiylik siyosati «ZO'R PLAY» MCHJ tomonidan ko'rsatiladigan xizmat doirasida foydalanuvchilar ma'lumotlari qanday to'planishi, ishlatilishi va himoya qilinishini belgilaydi.

Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

2. To'planadigan ma'lumotlar

Xizmatdan foydalanish davomida quyidagi ma'lumotlar to'planishi mumkin:

Telegram orqali avtorizatsiya

Telegram foydalanuvchi ID, ism, username, telefon raqami va profil rasmi (avatar). Telefon raqami ro'yxatdan o'tishni tasdiqlash uchun, profil rasmi esa platformada ko'rsatish uchun ishlatiladi. Parol yoki boshqa maxfiy ma'lumotlar saqlanmaydi.

Instagram akkaunt ma'lumotlari

Instagram biznes akkaunt ID, username va Meta tomonidan berilgan kirish tokeni (access token). Token faqat sizning nomingizdan API so'rovlari yuborish uchun ishlatiladi.

Xabarlar va izohlar

Sizning Instagram akkauntingizga kelgan DM (shaxsiy xabarlar) va post izohlari faqat avtomatik javob berish maqsadida qayta ishlanadi. Bu ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Foydalanish jurnali

Xizmat ishlashini tahlil qilish uchun yuborilgan javoblar, xato xabarlari va tizim jurnallari saqlanadi.

3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi

To'plangan ma'lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Instagram izohlari va DM larga avtomatik javob berish
  • Foydalanuvchi autentifikatsiyasi va sessiyasini boshqarish
  • Xizmat unumdorligini tahlil qilish va yaxshilash
  • Instagram API token larini yangilash va boshqarish
  • Texnik muammolarni aniqlash va bartaraf etish

4. Meta (Instagram) API dan foydalanish

JavobGo quyidagi Meta API ruxsatlaridan foydalanadi:

instagram_business_basicAsosiy akkaunt ma'lumotlarini o'qish
instagram_business_manage_messagesDM xabarlarini o'qish va javob berish
instagram_business_manage_commentsPost izohlarini boshqarish va javob berish
instagram_business_content_publishKontent nashr etish (ixtiyoriy)

Bu ruxsatlar faqat siz tomonidan ulanilgan Instagram akkauntingiz uchun ishlaydi. Boshqa foydalanuvchilarning ma'lumotlariga kirish imkoni yo'q.

5. Ma'lumotlarni saqlash va xavfsizlik

Ma'lumotlar cheklangan kirishli xavfsiz server muhitida saqlanadi. Instagram kirish tokenlari va ilova maxfiy kalitlari (app secret) bazada AES-256 algoritmi bilan shifrlangan holda saqlanadi va faqat sizning nomingizdan API so'rovlari yuborish uchun ishlatiladi. Biz ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga sotmaymiz, ijaraga bermaymiz yoki tijorat maqsadlarida almashmaymiz.

6. Foydalanuvchi huquqlari

Siz istalgan vaqtda quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • Instagram akkauntingizni xizmatdan uzish
  • Hisobingizni va barcha ma'lumotlaringizni o'zingiz o'chirish (Profil sahifasidagi «Hisobni o'chirish» tugmasi orqali)
  • Avtomatik javob berish xizmatini istalgan vaqtda o'chirish

Ma'lumotlarni o'chirishning barcha usullari va muddatlari Ma'lumotlarni o'chirish sahifasida batafsil bayon etilgan. Qisqacha: o'chirish so'rovidan so'ng hisobingiz 90 kun ichida tiklanishi mumkin, shundan keyin butunlay o'chiriladi. Qo'shimcha yordam uchun Telegram bot orqali /murojaat yuboring yoki javokhir.dev1@gmail.com manziliga yozing.

7. Uchinchi tomon xizmatlari

Xizmat quyidagi tashqi platformalar bilan integratsiya qilingan:

  • Meta (Instagram/Facebook) — API orqali xabarlarni boshqarish
  • Telegram — foydalanuvchi autentifikatsiyasi
  • Google Gemini AI — avtomatik javoblar yaratish (AI rejimida)

Ushbu platformalarning o'z maxfiylik siyosatlari mavjud bo'lib, ular alohida qo'llaniladi.

8. O'zgarishlar

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida Telegram orqali xabar beriladi. Xizmatdan doimiy foydalanish yangi siyosatga rozilikni anglatadi.

9. Bog'lanish

Maxfiylik siyosati bo'yicha savollar yoki ma'lumotlarni o'chirish so'rovlari uchun:

«ZO'R PLAY» MCHJ

O'zbekiston Respublikasi

Email: javokhir.dev1@gmail.com

Telegram bot orqali: /murojaat

© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan. Xizmatlar «ZO'R PLAY» MCHJ tomonidan ko'rsatiladi.